Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani, Nabriyop MFYda yashovchi fuqaro Axmedov Boboraxim “Zarina Jumaboyeva” MChJ tomonidan daraxtlar sababsiz kesib tashlangani va ariqning ko‘milgani to‘g‘risida videomurojaat tarqaldi.

Ushbu fuqaroning murojaati Gurlan tuman hokimligi hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganishlar natijasida  quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Fuqaroning tomorqa maydoniga suv olib boruvchi mahalla hududidan o‘tgan ichki ariqning 1-1,5 metr qismi shu hududdagi “Zarina Jumaboyeva” MChJ vakillari tomonidan qisman ko‘milganligi, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 7 aprel kuni qazib berilganligi, hozirda fuqaro B.Axmedovning tomorqa maydonini sug‘orish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, daraxtlarga zarar yetkazilganligi masalasi yuzasidan “Zarina Jumaboeva” MChJ ekin maydoni ro‘parasidagi mazkur ariq bo‘yida o‘sgan 3 tup qoratol daraxti MChJ vakili T.Rajabov tomonidan kundaklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu yuzasidan fuqaro B.Axmedovga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 464-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan qoratol va terak daraxtlarini tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz kundaklash mumkinligi bildirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 16, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 64 marta