Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni

Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun Gurlan tumanida qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirokida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi
Bayram tadbirida tuman hokimi Ruslan O‘razbayev so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi. Tuman rahbari mirishkor va mehnatkash dehqonlarimiz xizmati bilan bu yil ham sohada kutilgandan ko‘ra yuqori natijalarga erishilganini alohida ta’kidladi.
Bayram tantanalarida qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Bir guruh yurtdoshlarimizga “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari hamda tuman hokimining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Bayram dasturida viloyat va tuman sanʼatkorlar tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 153 marta