Otaxanov Xakimjon Axmadjonovich

2025 yil 25 fevraldan:

Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

Tug‘ilgan yili:                                                         Tug‘ilgan joyi:

30.05.1976                                                               Xorazm viloyati, Urganch tumani

Millati:                                                                     Partiyaviyligi:

o‘zbek                                                                      O‘zLiDeP a’zosi

Ma’lumoti:                                                              Tamomlagan:

oliy                                                                           2005 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (sirtqi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:                      muhandis-mexanik

Ilmiy darajasi:                                                         Ilmiy unvoni:

yo‘q                                                                          yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:    

rus tili                                                                      

Halq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

1991-1995 yy. - Urganch Gidromelioratsiya bilim yurti talabasi

1996-2004 yy. - Urganch tumanlararo “Agromashservis” ishlab chiqarish ta’minot aksiyadorlik jamiyati ta’minot bo‘yicha muhandisi

2004-2008 yy. - Ta’minotchi xizmatchi ochiq aksiyadorlik jamiyati Xorazm filiali rahbari

2008-2014 yy. - Urganch “Agromashservis” ma’suliyati cheklangan jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari

2014-2015 yy. - Xorazm viloyati mashina traktor parklari birlashmasi aksiyadorlik jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari

2015-2016 yy. - Xorazm viloyati mashina traktor parklari birlashmasi aksiyadorlik jamiyati raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2016-2017 yy. - Xorazm viloyati mashina traktor parklari birlashmasi aksiyadorlik jamiyati raisi

2017-2017 yy. - Xorazm Agroservis mashina traktor parki mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

2017-2018 yy. - Shovot tumani hokimi

2018-2019 yy. - Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi

2019-2022 yy. - Shovot tumani hokimi

2022-2023 yy. - Xorazm viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i

2023 2025 yy. - Xorazm viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2025 y. -  h.v.  - Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

 

Quyidagilar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko‘rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash,   naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish vamahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Quyidagi komissiyalarga rahbarlik qiladi;

 

 Tuman hokimligi huzuridagi qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasi;

     qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

  1. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

tuman irrigatsiya bo‘limi;

tuman don mahsulot korxonalari;

tuman paxta tozalash korxonalari;

tuman “Agroservis MTP” MChJ;

tumandagi MMTPlar

“Xorazmagrokimyohimoya” AJ tuman filiali;

tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari kengashi;

tuman veterinariya bo‘limi;

tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi;

tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, yoqilg‘i-moylash va mineral o‘g‘it shaxobchalari va barcha yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari.


Fevral 26, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 133 marta