Ipak qurti parvarishiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Maxkamasining "Xotin-qizlarning pillachilik soxasidagi bandligini bosqichma bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi " 2025-yil 29-yanvardagi 46-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Gurlan tumani hokimligida Toshkent davlat agrar universitetining Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori Ch. Bekkamov ishtirokida o‘quv seminari  o‘tkazildi.

Seminarda mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda ipakchilik sohasi mas'ullari ishtirok etdilar. Seminarda pillachilik sohasining rivojlantirilishidagi tub islohotlar, sohaning sir-sinoatlari, ipak qurti parvarishida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar xususida keng ma'lumot berildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Mart 12, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 73 marta