Gurlan tumanida g‘o‘zani kultivatsiya qilish boshlandi

Gurlan tumani I.Xolmetov hududidagi Nurmon bobo f/xda g‘o‘zani birinchi kultivatsiya qilish bo‘yicha dala sharoitida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari oʻtkazildi. Unda tuman hokimi Ruslan O‘razbayev, fermer xo‘jaliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etdilar.
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar, tajribali mutaxassislarning g‘o‘za nihollarini to‘liq undirib olish, ularning o‘sib-rivojlanishini tezlashtirish, paxta maydonlarini begona o‘tlardan tozalashda ekin qator oralari tuproqlarini to‘liq va sifatli yumshatish bo‘yicha maslahatlari tinglanib, nuroniy otaxonlarning duosi bilan birinchi kultivatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 53 marta