2025-yil 3 oyi yakuni bo‘yicha tuman hududida jinoyatchilik ahvoli, oldi olinadigan va aniqlangan jinoyatlar hamda qidiruvdagi shaxslarni ushlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaati

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!
O‘tgan bir chorak davr mobaynida Gurlan tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan, tuman hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish borasida tizimli ishlar olib borildi.
Shunga qaramay, hisobot davriga kelib tumanimizda jinoyatchilik ahvoli qoniqarli emas.
2025-yil yakuniga ko‘ra, umumiy jinoyatlar foizi oshganligi bo‘yicha viloyat miqyosida salbiy oltinchi o‘rinda, oldini olish imkoni bo‘lgan jinoyatlar foizi bo‘yicha ikkinchi o‘rindamiz.
Bo‘lim shaxsiy tarkibi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borgan profilaktik ishlarimizga qaramay, hisobot davriga qadar barcha sohalarda 29 (16) ta jinoyatlar qayd etilib, oldingi yilning shu davriga nisbatan 81,3 foizga yoki 13 taga oshdi.
Ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 100.000 aholiga nisbati (159 800 aholi) 18,4 (10,4) tadan to‘g‘ri kelib, 8,1 ga ko‘paydi.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jami 12 (8) ta jinoyatlar sodir qilinib, 4 taga (50,0%) oshdi. Ushbu turdagi jinoyatlar tumanda ro‘yxatga olingan jami 29 ta jinoyatlarning 41,3% ini tashkil qildi.
Ma’lumot uchun: 1 ta o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish, 1 ta yengil tan jarohati yetkazish, 3 ta aliment, 1 ta oilaviy zo‘ravonlik, 1 ta firibgarlik, 1 ta ekinzorga zarar yetkazish, 2 ta o‘lim bilan bog‘liq YTX, 2 ta avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlari.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat turlaridan
-aliment (0/3);
-o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (0/1);
-yengil tan jarohati yetkazish (0/1);
-ekinzorga zarar yetkazish (0/1);
-o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan YTH (0/2);
-avtotransport vositasini olib qochish (0/2) oshdi.
Shuningdek, 3 ta kiber jinoyatlar sodir qilinib o‘tgan yilga nisbatan 100 foizga (0/3) ko‘paydi.
Ma’lumot uchun: 1 ta firibgarlik va 2 ta o‘g‘irlik jinoyatlari.
Jinoyat turlaridan:
–o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar teng (2/2) holatda saqlandi;
Ma’lumot uchun: 1 ta avtotransport vositasini olib qochish (267-2) 1 ta giyohvandlik jinoyatlari sodir etildi.
–og‘ir turdagi jinoyatlar 8 taga (3/11) yoki 266,7 foizga oshdi;
Ma’lumot uchun: 1 ta o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish, 2 ta o‘zlashtirish, 2 ta firibgarlik, 2 ta o‘g‘irlik, 2 ta qalbaki pul yoki aksiz markalarni tayyorlash, avtotransport vositasini olib qochish, qimorxona tashkil qilish jinoyatlari sodir qilindi.
Shaxslar jinoyatchiligi:
-Ayollar tomonidan 1 ta (0) jinoyatlar sodir qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 400 %ga;
-voyaga yetmagan shaxslar tomonidan 1 ta (0) jinoyatlar sodir qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 100 %ga oshdi.
Boshqa shaxslar (yoshlar, sudlanganlar, mastlar va guruhlar) tomonidan jinoyatlar sodir qilinmadi.
Tashabbus bilan aniqlanadigan 17 (8) ta jinoyatlar aniqlanib, oldingi yilning 3 oyiga nisbatan 112,5 foizga yoki 9 taga ko‘p aniqlandi.
Ma’lumot uchun: 2 ta qo‘shmachilik, 2 ta o‘zlashtirish, 1 ta valyuta, 2 ta qalbaki pul yoki aksiz markalarni tayyorlash, 1 ta noqonuniy ov quroli saqlash, 1 ta taqiqlangan ekin yetishtirish, 4 ta giyohvandlik, 1 ta qimorxona tashkil qilish jinoyatlari aniqlandi.
Jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha:
Hozirgi kunga kelib, Gurlan tumanida o‘tgan yillarni ham qo‘shib hisoblaganda jami 31 ta jinoyatlar fosh qilinmagan. Jumladan, 2021 yildan 1 ta, 2022 yildan 3 ta, 2023 yildan 5 ta, 2024 yildan 16 ta, 2025 yilning hisobot davriga qadar jami 5 ta jinoyatlar fosh etilmasdan qolgan.
Ushbu jinoyatlarning 9 tasini o‘g‘irlik va 8 tasini firibgarlik jinoyatlari tashkil qiladi.
QIDIRUV yo‘nalishi bo‘yicha;
Jami qidiruvdagi 19 (19) nafar shaxslardan 7 (8) nafari ushlanib, 12 (11) nafari qoldiqda qolmoqda.
Joriy yilda 5 (4) nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, 5 (4) nafari xam ushlandi.
O‘tgan yilga nisbatan qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash -10,5 foizga (42,1%-31,6%) yomonlashdi. Qoldiqdagi 12 nafar qidiruvdagilarning 11 tasi maxsus qidiruv va 1 tasi maxsus bo‘lmagan qidiruvni tashkil qiladi.
Mahalla jinoyatchiligi;
Tumanda jami 50 ta mahalla bo‘lib, shundan 1 tasi (2%) “qizil”, 3 tasi (6%) “sariq”, 46 tasi (92%) “yashil” toifaga qirdi.
“Qizil” toifaga;
-“Marbugat” mahallasida o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish, avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlari sodir bo‘lganligi uchun qizil toifaga kiritildi.
“Sariq” toifaga;
-“Ma’rifat” mahallasida avtotransport vositasini olib qochish jinoyati;
-“Eshimjiron” mahallasida oilaviy zo‘ravonlik jinoyati;
-“Shang‘i” mahallasida yengil tan jarohati yetkazish jinoyati sodir bo‘lganligi uchun sariq toifaga kiritildi.
Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2298 ta murojaatlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, 28 ta holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, 242 tasi ma’muriy tartibda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 1701 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qarorlar qabul qilindi.
Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan jami 2574 ta (2024yil 3 oyida 2099 ta) ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi 24 modda bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 2316 ta (2024yil 3 oyida 1825 ta) ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Lekin shunga qaramay, profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlanishi lozim bo‘lgan maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish 21 taga (49-28) kam ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan.
Hozirgi kunda 23 nafar muqaddam sudlangan shaxslar profilaktik hisobda turgan bo‘lib, shulardan 21 nafarini ma’muriy nazorat qonuni ta’siri ostiga tushuvchi shaxslar tashkil qilib, shundan 9 nafariga ma’muriy nazorat o‘rnatilgan xalos Shuningdek, muqaddam sudlangan o‘ta xavfli retsedivstlar soni 4 nafarni tashkil qilib, ularning birontasiga ma’muriy nazorat o‘rnatish choralari ko‘rilmagan.
Bironta xodim tomonidan 2025 yilning 3 oyi davomida ma’muriy nazoratda turgan shaxs tomonidan ma’muriy nazorat qoidasini buzish (O‘z.R.JK 226-modda) bilan bog‘liq holat aniqlanmagan.
Ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonunda belgilangan cheklanishlarni buzganligi uchun profilaktika inspektorlari X.Kenjaev, J.Babajanov, M.Yuldashev, I.Yuldashevlar tomonidan atiga 4 nafar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan xalos. Boshqa bironta profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy nazorat qoidalarida belgilangan cheklanishlarni buzganlik holatlari aniqlanmagan.
O‘tgan davrda mobaynida bezorilik bo‘yicha 47 ta holat sodir qilingan bo‘lib, shundan 18 ta shaxslar ma’muriy qamoqqa olingan. Qolgan 29 ta holat yuzasidan profilaktika inspektorlari tomonidan shaxsni ma’muriy qamoqqa olish choralari ko‘rilmagan.
Shuningdek, 50 nafar profilaktika inspektorlari tomonidan aniq yashash joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan 4 nafar shaxslar reablitatsiya etish markaziga yotqizilgan xalos.
Profilaktik hisobda turgan spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar tuman bo‘yicha 218 nafarni tashkil qilsada, joriy yilning 3 oyi davomida 11 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar viloyat narkologiya dispanserining majburiy davolash bo‘limiga yotqizilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi ishlar to‘g‘ri tashkillashtirilmaganligi natijasida tuman hududida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq YTXlar 100%ga ya’ni 0 tadan 2 ga oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi. Sodir qilingan YTXlar natijasida 3 nafar fuqarolar vafot etdi, 2 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohati oldi.
Qoidabuzarlarga nisbatan jami 1275 ta, shundan qupol qoidabuzarliklar sodir qilganligi uchun 986 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shundan O‘z.R MJtKning 131-moddasi 1-qismi bilan 16 nafar fukaro turli muddatlarga transport vositasini boshqarish xuquqidan mahrum qilingan.
O‘z.R MJtKning 131-moddasi 2-qismi bilan 12 ta haydovchiga jarima jazosi tayinlangan.
O‘z.R MJtKning 136-moddasi 2-qismi bilan 2 nafar fuqaro turli muddatlarga transport vositasini boshqarish xuquqidan mahrum qilindi.
O‘z.R MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan 35 nafar haydovchiga jarima jazosi tayinlangan.
O‘zR MJtKning 133-134-moddalari bilan 142 nafar haydovchilarga nisbatan JIB sudi tomonidan turli xil choralar kurildi.
Shuningdek, 3 oy davomida 2 mlrd 746 mln 917 ming 500 so‘mlik jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilib, undirilgan jarima 1 mlrd 279 mln 474 ming 928 so‘mni (undirish foizi 89.1) undirilmagan jarimalar 169 mln 176 ming 250 so‘mni tashkil qiladi.
Jamoat tartibini saqlash yo‘nalishida;
Hisobot davrida jamoat joyida 1 ta qasddan yengil tan jarohati yetkazish jinoyati sodir qilinib, o‘tgan yilga nisbatan teng holatda saqlandi (1/1).
“Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida daydilik va tilamchilik qilib yurganligi uchun 4 (3) nafar, “TIG‘” tadbiri davomida yonida o‘tkir tig‘li jism olib yurgan 32 (8) nafar shaxslar aniqlanib ularga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.
Gurlan tumani IIB hisobida 5 ta Nazorat litsenziyalash tasarrufiga kiruvchi obyektlar mavjud, 2 tasi muhr va shtamp tayyorlovchi xususiy kichik korxonalar, 2 tasi narkotik va psixotrop moddalar saqlanadigan Markaziy shifoxona ichki dorixonalari hamda 1 tasi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli USTK obyekti bo‘lib barchasi tekshirib chiqildi.
Tuman IIB ro‘yxatida jami 291 ta o‘q otar ov qurollari 256 nafar fuqarolarda saqlanmoqda. Ushbu fuqarolardagi o‘q otar qurollari “Qurol” profilaktik tadbiri yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda tekshiruvdan o‘tkazilib borilishi natijasida noqonuniy ravishda saqlanganligi uchun tortib olingan qurollar 4 tani (5) tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 1 taga kam aniqlangan. Shundan 1 ma’muriy va 1 ta jinoiy (O‘zR JK ning 248-moddasi bilan bog‘liq) holatlarni tashkil qiladi.
Tekshiruvlar natijasida ov quroliga ega shaxslarga ruxsatnoma amal qilish muddatlari o‘tkazib yuborganligi uchun 28 ta ma’muriy bayonnomalar to‘ldirilib, ov qurollari egalari ma’muriy tartibda jarima qilindi.
Gurlan tumani hududida Ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun ruxsat berilgan 2 ta obyekt mavjud bo‘lib, tumanning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan A.Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘idagi Amfiteatri va Gurlan tuman sport majmuasi hisoblanadi.
2025-yilning o‘tgan davrida ushbu obyektlarning texnik mustahkamligi bo‘yicha komission tartibda tekshirib chiqildi.
Hisobot davrida jami 4 ta ommaviy tadbir o‘tkazilgan bo‘lib, shundan “Ommaviy-siyosiy” turi 3 ta, qolgan 1 tasi “Ommaviy madaniy” hamda sport turlari hisoblanadi. Ushbu tadbirlarda 7600 nafar fuqarolar qatnashgan bo‘lib, jamoat tartibi, yong‘in hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 193 nafar IIB xodimlari jalb qilindi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazilishi davomida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Probatsiya yo‘nalishida;
Hisobot davrida probatsiya guruhi hisobiga 64 ta sud hukm va ajrimlari ijroga olingan.
Hisobot yakunida hisobda turgan mahkumlar soni 200 nafarni tashkil etib, shulardan 44 nafari axloq tuzatish ishlari, 27 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish, 42 nafari ozodlikni cheklash, 87 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan shaxslar hisoblanadi.
Hisobot davrida tuzalish yo‘liga kirgan 32 nafar mahkumlar hisobdan chiqarilgan.
Hisobdan chiqarilgan mahkumlarning 20 nafari o‘zining qonunlarga itoatkorligi va mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan qat’iy tuzalish yo‘liga kirganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi talablari asosida belgilangan jazolardan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan.
Tuzalish yo‘liga kirmagan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan 9 nafar mahkumlarning o‘talmay qolgan jazo muddati jazoning boshqa turiga almashtirilgan.
2025-yil 3 oyi davomida mahkumlar tomonidan qayta jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishida;
2025-yilning o‘tgan 3 oyi mobaynida jami 5999 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi ID kartalari rasmiylashtirilib berilgan.
Shuningdek jami 1550 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasidan chet elga chiqish pasportlari rasmiylashtirilib, shulardan barchasi o‘z egalariga topshirilgan.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-modda 1-qismi bilan jami 17 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, jami 2 975 000 so‘m miqdorda jarimalar undirilgan.
Fuqarolik pasportini yo‘qotganligi uchun 288 nafar fuqaro tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, shundan 286 nafariga yangidan O‘zbekiston Respublikasi ID kartalari bilan hujjatlashtirilgan, 2 nafarini arizalari fuqarolik pasportlarini topilganligi sababli harakatdan to‘xtatilgan.
Tuman hududiga 2881 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtinchalik va doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan, 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatlarga doimiy yashash chiqib ketganligi uchun ro‘yxatdan chiqarilgan.
Chet el va MDX fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidasini buzganligi uchun 12 nafar chet el fuqarolariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Chet mamlakatlarga ishlash maqsadida ketib, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi bilan qaytib kelib murojaat qilgan fuqarolar 28 nafarni tashkil qilgan.
Ekspert-kriminalistika guruhi tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida 34 marotaba hodisa joylarini ko‘zdan kechirish harakatlarida ishtirok etilgan. Shundan, barmoq izlari olish bilan bog‘liq hodisa joylarni ko‘zdan kechirish 1 tani tashkil qilib, jami 5 ta barmoq izlari olinib, shundan biometrik identifikatsiya qilish tizimiga 3 dona yaroqli barmoq izlari kiritilgan (60%). O‘tgan davr mobaynida gumonlanuvchi shaxslardan 55 (48) ta daktokartalar olingan.
Hodisa joylaridan jami 117 ashyoviy dalillar olingan bo‘lib, 67 ta tergov harakatlarida, 162 ta tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etilgan.
Gurlan tumani katta eksperti xodimi tomonidan kelib tushgan qaror va ajrimlarga asosan daktiloskopik 3 ta, trasologik 4 ta, ballistik 5 ta, sovuq qurol 36 ta, hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi bo‘yicha 36 ta xulosalar bajarilgan.
Gurlan tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Mirzayev Ilxam Baxodirovich
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 140 marta